London klubida yangi variant paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

"Tottenxem" klubi sport direktori Fabio Paratichi "Granada" futbolchisi Domingos Duarteni jamoaga olib kelmoqchi. "Express" nashri xabariga ko'ra, bu variant klub uchun ancha arzonga tushadi. Bundan oldin "shporlar"ning Pau Torres hamda Julyus Kunde bo'yicha harakatlari ish bermagan edi.
Xabarda London klubi Duarte uchun 8,5 million funt taklif qilishi aytilgan. Himoyachi Portugaliya terma jamoasiga jalb etilib, ikki marta maydonga tushishga ulgurgan.
Manba: bbc.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
165