O'zbekiston kubogi. «Bunyodkor» chorak finalga chiqdi, «Lokomotiv» musobaqani tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

O'zbekiston kubogining nimchorak final bosqichidan o'rin olgan so'nggi 2ta uchrashuv bo'lib o'tdi.
«Bunyodkor» o'z maydonida «Navbahor»ni qabul qilib, kichik hisobda g'alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golni "qaldirg'ochlar" a'zosi Farrux Ikromov 42-daqiqada urishga muvaffaq bo'ldi.
"Lokomotiv" esa Jizzaxda "So'g'diyona" klubi mehmoni bo'lib, alamli tarzda mag'lubiyatga uchradi. Bahsning 20-daqiqasida No''monov mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, taym tugashi arafasida Diyor Turopov muvozanatni tikladi.
55-daqiqada esa "So'g'diyona" darvozasiga penalti belgilandi. G'ulomhaydar G'ulomov penaltini golga aylantira olmadi. Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan 4-daqiqada Javohir Qahramonov "So'g'diyona"ni chorak finalga olib chiqqan gol muallifiga aylandi.
O'zbekiston kubogi, nimchorak final
"BUNYoDKOR" - "NAVBAHOR" - 1:0
Gol: Farrux Ikromov (42)
"SO'G'DIYoNA" — "LOKOMOTIV" - 2:1
Gollar: Ayubxon No'manov, 20 (1:0). Diyorjon Turopov, 43 (1:1), Javohir Qahramonov, 90+4 (2:1)
Noaniq penalti: G'ulomhaydar G'ulomov (55, "Lokomotiv")

Bosh sahifaga
169