"Inter" Belotti uchun asosiy da'vogar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

"Torino" hujumchisi Andrea Belotti faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.
L'Interista nashri xabariga ko'ra, "neradzurrilar" xo'jayinlariga iyul oyida Italiya terma jamoasi tarkibida Evropa chempioni bo'lgan 27 yoshli "buqalar" hujumchisini sotib olish taklif qilingan.
Yaqinda Romelu Lukakuni "Chelsi"ga transfer qilganini hisobga olsak, milanliklar transferi 35-40 million evroga baholanayotgan hujumchini sotib olishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Belotti A Seriyaning 35 o'yinida 13 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
193