«Tottenxem» yangi futbolchi xaridi uchun taklif yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

«Tottenxem» klubi Italiya chempionati vakili «Kalyari» futbolchisi Naytan Nandez transferini amalga oshirishga yaqin turibdi. Xabarlarga ko'ra, klubning yangi sport direktori Fabio Paratichi ushbu xarid yuzasidan muzokaralarga kirishgan.
Ma'lum qilinishicha, transfer ijara asosida amalga oshiriladi. Shartnoma bandlariga sotib olish sharti ham qo'shilishi mumkin. Ko'chuv narxi 12-15 million funt atrofida bo'ladi.
Nandez 2019 yilda «Kalyari» uchun «Boka Xuniors»dan 15,3 million funt evaziga sotib olingan edi. U 72 ta bahsda maydonga tushib, 12 ta golda ishtirok etgan.
Manba: caughtoffside.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
177