Italiya klubi Takexiro uchun "Tottenxem"dan qancha so'ramoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

Londonning "Tottenxem" klubi "Bolonya" markaziy himoyachisi Takexiro Tomiyasuni sotib olmoqchi.
Calciomercato nashri xabariga ko'ra, "shporlar" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu Yaponiya olimpiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan 22 yoshli yaponiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni uchtuvor vazifa deb bilmoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, "Bolonya" rahbariyati Tomiyasuni sotishga tayyor, biroq italiyaliklar Takexiro uchun "shporlar"dan 25 million evro atrofida so'ramoqda.
Avvalroq, osiyoliik futbolchiga A Seriyaning boshqa jamoasi "Atalanta" qiziqish bildirgani haqida xabar berilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191