"Chelsi" yosh himoyachisini jamoada saqlab qolmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

Markaz himoyachisi Trevo Chaloba Londonning "Chelsi" klubida o'ynashda davom etadi.
"Aristokratlar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel 22 yoshli inglizga "Vilyarreal" va "Kristal Pelas"ga qarshi o'tkazgan ajoyib o'yinlar va o'zini Premer-ligadagi debyut golini urgandan keyin, o'zini ko'rsatishga imkoniyat bermoqchi.
Goal nashri xabariga ko'ra, nemis murabbiyi allaqachon Chalobani ijaraga berilmasligini va "ko'klar" tarkibida o'z o'rnini egallash imkoniyatini yaratib bermoqchiligini aytgan.
Bundan tashqari, "Chelsi" rahbariyati yosh markaziy himoyachiga moliyaviy ahvoli yaxshilangan yangi uzoq muddatli shartnomani tayyorlamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191