"Bavariya" Goretska bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

"Bavariya" rahbariyati yarim himoyachi Leon Goretska bilan hamkorlikni uzaytirish borasida muvaffaqiyatli muzokaralar olib bordi. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.
Tomonlar 2026 yilning yozigacha amal qiladigan shartnoma
to'g'risida kelishib oldilar. Kelishuv yaqin kunlarda rasman e'lon qilinadi.
26 yoshli futbolchining Germaniya chempioni bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning iyun oyi oxirida tugaydi.
Avvalroq, OAV Goretskaga "Manchester Yunayted", Kataloniyaning "Barselona" va "Real"
klublari qiziqayotgani haqida xabar bergandi.
Eslatib o'tamiz, Leon o'tgan mavsum Bundesligada 24 o'yinda 5 gol urdi va 5 golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
164