So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Noqulay trassada qolgan «nemis mashinasi»: Qaltis boshqaruvdagi Nagelsmann. "Yangi Bavariya" haqida qisqacha
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141
Myunxenning «Bavariya» klubida kichik bo'lsada transformatsiya hodisasi sodir bo'ldi. Albatta, bu erda gap klub asosini tashkil etadigan futbolchilar haqida ketgani yo'q.
Jamoaning Evropada tengsiz bo'lishiga asosiy sababchi hisoblangan Yulian Nagelsmann o'z vakolatiga ko'ra iste'foga chiqdi. Endi uning zimmasida ancha jiddiy va mas'uliyatli vazifa turibdi. Tabiiyki, g'alati eshitilishi mumkin bo'lgan kutilmagan fikrlar ham bo'ldi: nega aynan Flik? Nega aynan eng pik nuqtasiga chiqqan payti? - Hamma gap ham aslida shu erda.
Xansi Flikning iste'fosi haqidagi xabarlar allaqachon erta bahordan boshlab matbuotga sizib chiqqan edi. Biz ko'p kuzatganmizki, murabbiylar joriy lavozimlaridan ketishlarini e'lon qilishgan paytda bu jamoaning o'yini va futbolchilarning kayfiyatiga hamisha salbiy ta'sir ko'rsatib kelgan. Asosiy rejasi o'zgargan inson xohlaymizmi yo'qmi albatta o'zi turgan relsdan ancha chetga chiqib qoladi. Uning o'y xayollarida endi o'zining bo'lajak ma'suliyatli vazifalari aylana boshlaydi, yangi ishiga o'zini ruhan tayyorlab boradi.
To'g'ri, bu erda hech kim ularni g'irromlikda ayblamoqchi emas. Ammo mavsumning eng qizg'in pallasida, klub uchun eng muhim lahzalarda bu kabi qarorlar yaxshilikka olib kelmasligi aniq edi. Bu yo'lda barcha aslida ortiqcha narsalarga chalg'imagan holatda birgina missiya yo'lida birlashishlari kerak. Flikning esa yakunda o'z qarori qurboniga aylanganiga guvoh bo'ldik. «Nemis mashinasi» qanday sabablar ro'kach qilinmasin Chempionlar ligasini tark etdi. Bu fakt va jiddiy voqelik sifatida qaraladigan natija! Erta iste'foning aks ta'sirlarini «Bavariya»ning yangi murabbiyi Yulian Nagelsmann misolida ham ko'rganmiz.
U boshchiligidagi «Leyptsig» ikkinchi davrani ancha ishonchsiz kayfiyatda o'tkazdi. Klub o'z murabbiyini printsipial raqibiga qo'yib yuborgach, navbatdagi o'yinlarda xuddi boshsiz qolgan chavondoz kabi harakat qildi. Bu esa murabbiy va rahbariyat o'rtasidagi ramziy devor buzilganini anglatardi. Natijada, «Leyptsig» ketma-ket uchrashuvlarda ochkolarni boy berdi va yakunda o'zi allaqachon mustahkamlab qo'ygan ikkinchi o'rnini «Borussiya» Dortmundga berib qo'yishiga bir bahya qoldi.
Keyin esa biz ko'targan yuqoridagi sababdanmi yoki bo'lmasa biroz tajribasizligi tufaylimi Nagelsmann «Bavariya»dagi debyut o'yinlarini ko'ngildagidek o'tkaza olmayapti. Balki unga rostan ham katta klubda ishlash tajribasi etishmayotgandir. «Qizillar» uchun joriy mavsum starti ancha omadsiz keldi. Jamoa o'tkazilgan ketma-ket 5 ta o'yinda birorta g'alaba qozona olgani yo'q. Orada 3 ta mag'lubiyat mavjud!!! Ularning barchasi o'rtoqlik maqomida bo'lganiga qaramay klub tarixida hali bundayin muvaffaqiyatsizlik kuzatilmagan edi.
Nima bo'lgan taqdirda ham endi Yulianning zimmasida Flik tashlab ketgan ulkan mas'uliyat turibdi. U tez orada o'ziga kelib, jamoada yo'qolgan ruhni yigitlarga qaytarishi zarur. Nagelsmann klubdagi ushbu holatga izoh berdi: «Hozir barchamiz uchun ham og'ir davrlar. Bir murabbiyning o'rnini tezda egallab, bo'shliqlarni berkitish imkonsiz. Hammasiga vaqt talab etiladi. Klub o'z holatiga qaytishi uchun biroz vaqt bor. Bu tabiiy hol. Hatto jurnalistlar ham katta muddatli tanaffusdan so'ng kompyuterlaridagi klavish harflari joylashuvini yoddan chiqarib qo'yishadi. Futbolchilarda ham xuddi shunday holat». Albatta Yulian bu gaplarini yumor aralash ifoda etyapti. Uning bu firkrlaridan ozmuncha o'tmay «Bavariya» Bundesliga birinchi turida «Borussiya M»ga qarshi o'yin o'tkazdi va durang natija qayd etdi. Nagelsmann undan oldin aytgan yumor endi muxlislarga zaxarxanda ko'rinishida ta'sir eta boshladi. «Napoli»ga uchragan 0:3 hisobidagi mag'lubiyatli bahsni maydondan Oliver Kan ham kuzatib bordi. U muxlislarni barchasini jiddiy qabul qilmaslikka chorladi. O'sha payti tarkibda Evrodan charchab kelgan terma jamoa o'yinchilari joy olmagan edi. Birgina shu omil Nagelsmann uchun himoya qalqoni bo'la olar edi xolos.
Flikning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatsizligi rosmana muxlislarning g'azabiga sabab bo'ldi. Zero, bunga etarlicha asoslar ham bor edi. Amaldagi chempion jamoaning kelgusi mavsumda ham yana birdek stabil o'yin ko'rsatishiga hech kim kafolat bera olmaydi. Bu amaliyot albatta temir irodaga ega «Bavariya»ni ham chetlab o'tmasligi tabiiy. Sirtdan kuchli zirxga ega ko'ringan jamoa ikki mavsumda borgan sari to'kilib-to'kilib harakat qildi. Bu borada Flik zaxirasiz o'yin amaliyotini sira anglab etavermadi. Natijada asosan bir xil tarkib bilan o'ynagan klubning barcha frontlarga ham kuchi etmay qoldi. Bu ayniqsa hujum chizig'ida yaqqol ko'zga tashlandi.
Levandovskiga mos alternativning yo'qligi muhim bahslarda katta kamchiliklarga sabab bo'ldi. «PSJ» bilan uchrashuvda ham eng ko'p vaziyat yaratgan «Bavariya»ning imkoniyatlarni golga aylantirish foizlari juda past edi. Chupo-Moting deyarli maydonda ko'rinmadi desak ham bo'laveradi. Qolgan chiziqlarda vaziyat bundanda yomonroq. Kosta va Odriosolaning aytarli naf keltirgan o'yinlarini muxlislar eslay olishmasa kerak. 8 milliolik xarid Dare haqida ham shunday firkrlarni aytish mumkin. Mark Roka esa lazaretdan beri kelgani yo'q. «Bavariya» Kimmix va Gorettskaga o'rinbosar sifatida Zabitser variantini endi ko'rib chiqmoqda. Yuqoridagi ikki nemisning yo'qligi yarim finalning ikkinchi bahsida rosa bilindi, eslandi.
Biroq Flik bu borada rahbariyat oldida o'z pozitsiyasini bildirgan. U rahbariyatga kerakli transferlar to'g'risida bir necha bor murojaat qilib ham ko'rdi. Ammo yakunda klub ijrochi raisi Salixamidjich bilan konfliktga borgani qoldi. Ikki oradagi munosabatning buzilishi germaniyalik mutaxassisning ham kursisi qimirlab qolganini bildirardi. Unga qo'shilib Rummeningge ham «kattalar» bilan murosa ko'chasini tanlay olmadi.
Natijada voqea yuqoridagi ikki shaxsning alal oqibat jamoadan ketishi bilan yakunlandi. Endi eski rahbariyat yangi murabbiyga ham o'z qarashlarini singdirishi aniq. «Bavariya» baribir jiddiy transferlarni amalga oshiradigan jamoa emas. Bu erda akademiya yoshlariga jiddiy urg'u beriladi. Shunga monand selektsiya ishlari va yoshlar tizimiga puxta poydevor yaratilgan. Nagelsmannda esa aynan shunday yangicha futbol va zamonaviy dunyoqarash to'g'risida etarlicha tushuncha mavjud. Har qalay dunyo futboliga yangicha moda olib kirayotgan «Red Bull» maktabini ko'rgan mutaxassis bu erda nima qilish kerakligini juda yaxshi biladi. Unga kerak bo'lgan masalliqlar ham etarlicha. Buyog'ini esa vaqt ko'rsatadi.
Yusufbek Saydaliev tayyorladi