«Brayton» Portugaliyadan hujumchi xarid qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Angliyaning «Brayton» klubi «Benfika» hujumchisi Darvin Nunezni tarkibiga qo'shib olmoqchi. «Daily Mail» nashri xabariga ko'ra, bosh murabbiy Graham Potter yoz tugashi arafasida jamoasi hujum chizig'ini kuchaytirib olishni istaydi.
Xabarda aytilishicha, urugvaylik futbolchi uchun 25 million funt sarflanishi mumkin. Bu «chag'alaylar» tarixidagi rekord qiymatli transfer bo'ladi.
Nunez o'tgan mavsum Portugaliya chempionatida 14 ta gol hamda 12 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Shuningdek, 22 yoshli hujumchi Uruguay terma jamoasi tarkibida 4 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
273