Mirjalol Qosimov: «Uchrashuvga reja qilgan taktikamiz ish berdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105
AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov O'zbekiston kubogi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan "Neftchi"ga qarshi o'yin (6:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Qiziqarli futbol guvohiga aylandik. Jamoam berilgan ko'rsatmalarni a'lo darajada bajarib, muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Uchrashuvga reja qilgan taktikamiz ish berdi. Ajoyib g'alaba va keyingi bosqichga chiqqanimiz bilan muxlislarimizni tabriklayman. Bugungi o'yin uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. O'ylaymanki, bugungi o'yin ishqibozlarga manzur keldi. Endilikda bor e'tiborimizni «Paxtakor»ga qarshi bo'lajak o'yinga qaratamiz», — dedi Mirjalol Qosimov.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196