"Xetafe" yarimhimoyachisi "Barselona" radariga tushgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

Kataloniyaning "Barselona" klubi yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin markaziy yarim himoyachi sotib olishni maqsad qilgan.
AS nashri xabariga ko'ra, "Xetafe" yarim himoyachisi Mauro Arambari "ko'k-anorranglilar" radariga tushgan, uning shartnomasida 25 million evro tovon puli belgilangan.
Manbaning ta'kidlashicha, 25 yoshli urugvaylik bilan shartnoma imzolash uchun "Barsa" o'z futbolchilaridan bir yoki bir nechtasini voz kechishi kerak. Sotiladigan futbolchilar ro'yxatidan Miralem Pyanich, Martin Braeytveyt, Samuel Umtiti va Emerson Aparesido joy olgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262