Nunu «Tottenxem»da sobiq shogirdini ko'rmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

«Vulverxempton» vingeri Adama Traore Londonning «Tottenxem» klubiga o'tishi mumkin.
Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda. Traore transferi hozirda «shporlar»ning ustuvor vazifalaridan biri.
«Bo'rilar» Adamani 45 million funtga baholamoqda. Nunu sobiq shogirdini yangi jamoasida ko'rish niyatida.
Aniqlik kiritilishicha, «Tottenxem» Keynni «Manchester Siti»ga sotsagina Traoreni olishga harakat qiladi.
«Shporlar» Keynni qo'yib yubormoqchi emas, lekin futbolchi haqiqatan ham yozda klubini o'zgartirmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214