"Mourino: "Endi "Roma"ning hujum chizig'i to'liq bo'ldi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino "Chelsi"dan hujumchi Temmi Abrahamning transferi haqida fikr bildirdi.
"Men Temmini bolaligidan bilaman. Ammo, u mening qo'l ostimda o'ynamagan, chunki men "Chelsi"da ishlagan paytimda, Abraham 14-16 yoshda edi. Lekin, men uni futbolchi sifatida ham, shaxs sifatida ham yaxshi
bilaman. Temmi Premer-ligani tark etish qarorini qabul qilgan, bu ingliz futbolchisi uchun doim qiyin.
U nima sababdan Premer-ligadan ketgani haqida gapirdi. Uning maqsadi
terma jamoaga qaytish va jahon chempionatida to'p tepish. Bu uchun Abrahamga "Roma" trampilin vazifasini o'tab berishi kerak.
Shuning uchun u bu erga shunday ambitsiyalar bilan keldi. Biz uning eng yaxshi o'yinlarini ko'rishga umid qilamiz. Endi hujum chizig'idagi futbolchilar to'liq bo'ldi",- dedi Mourino.

Bosh sahifaga
226