"MYu" futbolchisini "Norvich"ga ijaraga beradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

"Manchester Yunayted" himoyachisi Brendon Uilyams faoliyatini "Norvich"da davom ettirishi mumkin.
Sky Sports nashri xabariga ko'ra, "qizil iblislar" rahbariyati 20 yoshli ingliz himoyachisini joriy mavsum uchun sotib olish imkoniyatisiz ijaraga berishga tayyor.
Manbaning ta'kidlashicha, "MYu" kelajakda Uilyamsga katta umid bog'lamoqda va
agar u muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lsa, futbolchini "Norvich"ga ijaraga berishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Brendon Premer-ligada atigi to'rtta o'yinda maydonga tushdi, ammo birorta samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219