«Barselona» safida 10-raqam kimga nasib qiladi? — muxlislar norozi kayfiyatda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

«Barselona» muxlislari hozirgi vaziyatdan norozi.
Ispan matbuoti xabariga ko'ra, Filippe Koutino yangi mavsumda 10-raqam ostida harakat qiladi. Braziliyalik futbolchining o'zi shu istakni bildirgan.
Avvalroq, «Barselona» Lionel Messining o'ninchi raqamini abadiy saqlash g'oyasini ilgari surgan edi.
La Liga rahbariyati esa klubni umumiy qoidalarga amal qilishga chaqirdi.
Shunday qilib, o'ninchi raqam yaqin kelajakda kimgadir berilishi kerak bo'ladi. Koutino, agar u klubni tark etmasa, Messining vorisi bo'lishga tayyor.
Shu bilan birga, uning «Arsenal»ga o'tishi haqida mish-mishlar ham tarqalmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200