"Barselona" rahbariyati Umtitiga shart qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161
"Barselona" frantsuz himoyachisi Samuel Umtitiga ultimatum qo'ydi, deb xabar beradi Diario Sport.
Manba bergan xabarga ko'ra, Kataloniya klubiga futbolchini Frantsiya chempionati klublaridan transfer bo'yicha bir nechta takliflar tushgan, biroq himoyachi ularning har birini rad etgan.
Klub rahbariyati Umtitiga kelgan takliflarni qabul qilish uchun atigi bir hafta vaqt borligini ma'lum qildi.
Agar bunday bo'lmasa, Umtitidan qonuniy choralar ko'rish xavfiga qaramay, "Barsa"
futbolchining shartnomasini bir tomonlama bekor qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228