"Barselona" "Las-Palmas"ga Pedri uchun bonus beradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 172

AS nashri xabariga ko'ra, "Barselona" "Las-Palmas"ga Pedri uchun bonus to'lashi kerak.
Eslatib o'tamiz, 2019 yil sentyabr oyida Kataloniya klubi yarim himoyachining "Las -Palmas"dan sotib olganini e'lon qilgan edi. Transfer summasi 12 million evroni tashkil etdi.
Manbaga ko'ra, kelishuvda agar futbolchi kataloniyaliklar safida 50 ta o'yin o'tkazsa, unda Segunda vakili yana 5 million evro bonus oladi.
Eslatib o'tamiz, 18 yoshli Pedri o'tkazilgan o'yinlari soni bo'yicha rekordchiga aylandi:
U barcha musobaqalar doirasida 73 o'yin o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226