"Barsa" "Yuventus" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

Italiyaning Tuttomercatoweb nashri xabariga ko'ra, "Barselona" "Yuventus"ning shvetsiyalikfutbolchisi Deyan Kulusevski bilan shartnoma imzolamoqchi.
Buning evaziga Kataloniya klubi jarohat sabab "ko'k-anorranglilar" tarkibidan joy ololmay, o'yinlarda qatnashmayotgan hujumchisi Usman Dembele xizmatlarini taklif qilishga tayyor.
Hozircha mazkur transfer haqida to'liq ma'lumotlar ochiqlanmagan. Biroq, manbada aytilishicha, ikki klub yaqin kunlarda muzokaralar o'tkazishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, O'tgan mavsum Kulusevski A Seriyada 34 uchrashuvda maydonga tushib, 4 golni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. Dembele esa La liga doirasida o'tgan mavsum 30 uchrashuvda 6 gol muallifiga aylangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
294