So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Tokio-2020: Bir qiziq fakt
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90
Ortda qolgan Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida sportchilarimizning chiqishiga oid qiziqarli faktlarni ulashishda davom etamiz. Navbatdagi fakt Olimpiada chempioni va rekordchisi Akbar Jo'raev haqida.
Og'ir atletikachimiz -109 kg vazn toifasida ishtirok etib, 5 yil avval Ruslan Nurudinov kabi asosiy raqobatda armanistonlik Simon Martirosyanni ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Qizig'i, u ham siltab ko'tarish mashqida Nurudinov kabi 237 kg tosh ko'tarib, Olimpiada rekordini o'rnatdi.
Yana bir jihati, agar Jo'raev +109 kg vazn toifasida ham ishtirok etib, shu natijani qaytara olganida, katta vazn toifasida bronza medaliga ega chiqishi mumkin edi. Ushbu vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo'lgan suriyalik Man Asad ikki kurash natijasi bo'yicha 424 kg tosh ko'targan. +109 kg vazn toifasida kumush medal sohibi eronlik Ali Dovudi 441 kg, oltin medal sohibi va jahon rekordchisi, gruziyalik Lasha Talaxadze esa 488 kg natija qayd etgan edi. Bu borada Akbar Jo'raev 430 kg og'irlikni qayd etganini eslatib o'tamiz.
Erkaklar o'rtasidagi barcha vazn toifalarida g'oliblar yoki Olimpiada, yoki jahon rekordi bilan oltin medalni qo'lga kiritishdi.
Manba: @OlympicUz