Lingard Londonga qaytmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

«Vest Xem» klubi «MYu» hujumchisi Jessi Lingardni qaytarib olishga umid qilmoqda. Xabarlarga ko'ra, ingliz hujumchisining o'zi Londonga qaytishdan ko'ra, «qizil iblislar» safida asosiy tarkib uchun kurashishni afzal ko'rgan. «Vest Xem» direktori Pirs Lingard uchun jamoa eshiklari ochiqligini aytgan.
Lingard o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida londonliklar safida 16 ta uchrashuvda 9 ta gol hamda 5 ta assistga mualliflik qilgan. Bu esa jamoaga evrokuboklarda ishtirok etish imkonini beradigan 6 o'rinda qolishiga yordam bergandi.
Manba: bbc.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232