"Inter" "Real" hujumchisini sotib olishni ko'zlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 192

"Real" hujumchisi Luka Yovich yozda "Inter"ga o'tishi mumkin. Tomonlar futbolchining ijarasi borasida muzokaralar olib bormoqda, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Madrid klubi hujumchiga ishonmaydi va uni boshqa klubga qo'yib yuborishga tayyor. "Inter" 2021/22 yilgi mavsumda serbni ijaraga olmoqchi.
23 yoshli hujumchi 2019 yilda "Ayntraxt"dan 63 million evroga "Real" ga o'tgandi.
Ikki yil ichida Yovich ligada atigi 21ta o'yin o'tkazdi va 2ta gol urdi, o'tgan mavsum esa "Ayntraxt"da ijara asosida o'ynadi - 18ta o'yin va 4ta gol.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
361