Belerin «Arsenal»ni tark etish uchun barcha shartga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi Ektor Belerin jamoasini o'zgartirmoqchi.
Ektor «Arsenal»ni tark etish uchun o'z maoshini qisqartirishga ham tayyor. The Athletic xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi jamoa murabbiyi Mikel Artetaga o'z qarori haqida allaqachon aytgan.
Ma'lum bo'lishicha, ispaniyalik futbolchi yangi jamoaga o'tishi uchun maoshini sezilarli darajada qisqartirish taklifini ilgari surgan. Futbolchiga asosiy da'vogarlardan biri «Inter» bo'lib turibdi.
Ma'lumot uchun, Premer-liganing so'nggi mavsumida Belerin 25 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
272