"Atletiko" braziliyalik futbolchini nishonga olgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

"Atletiko" hujumchi Dushan Vlahovichning transferi borasida "Fiorentina" bilan kelisha olmadi.
"Binafsharanglilar" yosh serb uchun 60 million evrolik taklifni rad etishdi va summani oshirishni talab qilishdi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "matraschilar" Vlahovich transferidan voz kechib, bor e'tiborini "Gerta" hujumchisi Mateus Kunyuga qaratgan.
Qayd etilishicha, "matraschilar" allaqachon Berlin klubiga 22 yoshli hujumchini sotib olish bo'yicha taklif tayyorlamoqda, Braziliyalik futbolchio'tgan mavsum Germaniya Bundesligasida 39 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi. 7 golli uzatma amalga oshirgan. Futbolchining transferi 30-40 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243