Son: "Yana 10 yil "Tottenxem"da o'ynay olaman, biroq..."
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 185

"Tottenxem" yarim himoyachisi Son Xin Min agar o'zingizni 10 yildan keyin ham London klubida o'ynashni tasavvur qilasizmi, degan savolga javob berdi.
"Agar men bu erda yana 4 yil o'ynasam , ha. Lekin, futbolda va'da berish shart emas. Men
"Tottenxem" bilan shartnomani uzaytirdim, chunki hech qaerga ketishni xohlamadim. Men "Tottenxem"da 10 yil yoki undan ko'p vaqtni ham o'tkaza olaman. Ammo, kelajakda nima bo'lishini hech qachon bilmaysiz. Men har kuni o'yinimga nimadur qo'shishga harakat qilaman ",- deya Sonning so'zlarini keltiradi Sky Sports nashri.
Eslatib o'tamiz. Premer-liganing birinchi tur uchrashuvida "Tottenxem" o'z maydonida "Manchester Siti"ni mag'lub etdi (1: 0). O'yindagi yagona golga aynan koreyalik futbolchi mualliflik qildi.

Bosh sahifaga
250