Holand APLda faoliyatini davom ettirishni maqsad qilgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Holand professional karerasidagi keyingi chempionat ma'lum bo'lmoqda.
Sky Sports nashri xabariga ko'ra, norvegiyalik forvard faoliyatini keyingi yozda ko'chib o'tmoqchi bo'lgan Angliya Premer-ligasida davom ettirish niyatida.
"Asalarilar" rahbariyati Holandning tanlovini qo'llab-quvvatlashga tayyor, chunki u o'zining asosiy hujumchisini ichki chempionatdagi asosiy raqibi "Bavariya"ga qo'yib yubormoqchi emas.
Ma'lum bo'lishicha, Dortmud klubi kelasi yoz Erlingni sotadi. Holandning tovon puli shartnomasi 75 million evro etib belgilangan.
Aytgancha, Holand Bundesliganing yangi mavsumidagi "Ayntraxt"ga qarshi (5: 2) debyut
uchrashuvida ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
243