Vlahovich "Tottenxem"ga o'tishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

"Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlahovich faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Tuttomercatoweb. Ma'lum bo'lishicha, London klubi futbolchi uchun kurashda favorit hisoblanadi.
Avvalroq, "Atletiko" ham serbiyalikka da'vo qilgandi, ammo madridliklar "Gerta" hujumchisi Matues Kunyuga e'tibor qaratishdi. Manbaga ko'ra, "Tottenxem" hujumchi uchun 60 million evro taklif qilishga tayyor, bu "Fiorentina"ga mos kelishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Vlahovich 2018 yilda "Partizan"dan ikki million evroga transfer qilib, Italiya klubi futbolchisiga aylandi. Bu mavsumda u Italiya kubogida bitta o'yin o'tkazdi va unda ikkita gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242