London klubi asosiy nishoni yo'lida «Atletiko»ni kurashdan chiqarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

«Fiorentina» hujumchisi Dushan Vlahovich faoliyatini «Tottenxem»da davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Tuttomercatoweb.
Ma'lum bo'lishicha, London klubi futbolchi uchun kurashda favorit hisoblanadi. Avvalroq, «Atletiko» ham serbga da'vogarlik qilgandi, ammo madridliklar «Gerta» hujumchisi Mateus Kunyaga e'tibor qaratishgan.
Manbaga ko'ra, «Tottenxem» hujumchi uchun 60 million evro taklif qilishga tayyor, bu «Fiorentina»ga mos kelishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Vlahovich 2018 yilda «Partizan» dan ikki million evroga Italiyaga ko'chib o'tgandi. Bu mavsumda u Italiya kubogida bitta o'yin o'tkazdi va unda ikkita gol urishga erishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239