Vlahovich Madrid klubiga kelishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

Serbiyalik hujumchi Fiorentina Dushan Vlahovich tez orada "Atletiko" futbolchisiga aylanishi mumkin.
Insider Jankluka Di Martsio xabariga ko'ra, "matraschilar" forvard uchun bonuslarni hisobga olgan holda 60 million evro taklif qilgan.
Manbaga ko'ra, bu transfer bilan bog'liq vaziyat "binafsharanglar" egasi Rokko Komisso 17 avgustda Italiyaga qaytganidan keyin hal qilinishi kerak.
Avvalroq, futbolchiga "Tottenxem" ham qiziqayotgani haqida xabar berilgandi, ammo futbolchi "Atletiko" variantni afzal ko'radi, chunki klub EChLda o'ynaydi, "shporlar" esa unga faqat moliyaviy jihatni taklif qila oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
301