Fil Jons Varanga 4-raqamni berishdan bosh tortgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

"Manchester Yunayted" Angliya chempionatining 1-turida "Lids"ga (5:1) qarshi o'yin oldidan muxlislarga "Real" sobiq futbolchisi Rafael Varan transferini rasman ma'lum qildi.
Evening News nashri xabariga ko'ra, frantsuz "qizil iblislar" bilan to'rt yillik shartnoma imzolagan va jamoada to'rtinchi raqamda o'ynashni rejalashtirgan.
Biroq, rahbariyat to'rtinchi raqamga ega bo'lgan himoyachi Fil Jons bilan bog'langanida, futbolchi o'z raqamini Varanga berishdan bosh torgan.
Eslatib o'tamiz, Fil "Manchester Yunayted" safida oxirgi marta 2020-yil 26-yanvarida maydonga tushgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
311