So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbekistonlik sportchilar bodibilding va fitnes bo'yicha jahon chempionatida 3-o'rinni qo'lga kiritishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5865
Joriy yilning 11-17 dekabr kunlari Tailandning Chiang-May shahrida bo'lib o'tgan bodibilding va fitnes bo'yicha kattalar va yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida to'qqizta medalni qo'lga kiritgan O'zbekiston terma jamoasi yakunda umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Dunyoning 51 davlatidan 600 nafardan ortiq sportchi ishtirok etgan ushbu musobaqada O'zbekiston sharafini o'n ikki nafar sportchi himoya qildi. Yakunda O'zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.
O'zbekiston terma jamoasi vakillari ichidan jahon chempionatida quyidagi sportchilar medallar bilan taqdirlanishdi:
Pavel Umurzakov – masterlar va kattalar o'rtasida 90 kg vazn toifasida bodibilding yo'nalishi bo'yicha 1-o'rin.
Elena Bekirova – model fitnes yo'nalishi bo'yicha yoshlar o'rtasida 1-o'rin, kattalar o'rtasida 2-o'rin.
Doston Hasanov – kattalar o'rtasida atlet fizik yo'nalishida 1-o'rin.
Rushana Maksumova – model fizik yo'nalishida yoshlar o'rtasida 2-o'rin, kattalar o'rtasida 3-o'rin.
Alyona Nuraeva – atlet fizik yo'nalishida kattalar o'rtasida 2-o'rin.
Farhod Subxanqulov – bodibilding yunalishi bo'yicha kattalar o'rtasida 3-o'rin.