Sulsher: "Oxirgi 10 yillikning eng yaxshi himoyachilaridan birini qo'lga kiritdik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 195

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Rafael Varan haqida gapirdi. "Yunayted" bugun Varanni "Old Trafford"da rasman tanishtirdi.
"Biz dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan birini sotib oldik, xursandman. Oxirgi 10 yil davomida Rafael yuqori darajada o'yin namoyish etdi. O'ylaymanki, u bizga etakchilik fazilatlarini qo'shadi. Bu noyob fazilatlar kombinatsiyasiga ega himoyachi. Frantsuz yosh futbolchilarimizga ijobiy ta'sir ko'rsatadi deb o'ylaymiz. U mumkin bo'lgan hamma narsani yutdi va shu bilan to'xtab qolmoqchi emas. Rafael hali ham sovrinlar va mashhur yutuqlarga tashna",- dedi norvegiyalik mutaxassis klub saytiga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233