"Sautgempton" tarbiyalanuvchisi klubni tark etmaydigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

"Sautgempton" klubi tarbiyalanuvchisi Maykl Obafemi Chempionship vakilidan kelgan taklifni rad etdi. "Football Insider" nashri xabariga ko'ra, 21 yoshli hujumchi "Blekbern" klubi futbolchisi Armstrong bilan almashtirilishi kerak edi. Ammo bunday shartnoma Obafemini norozi qilgan.
Qolaversa, "Rovers" o'z futbolchisi uchun 15 million funt so'ragan. Futbolchining amaldagi shartnomasi keyingi yil yozda yakuniga etishi kerak. U 2019 yilda yangi shartnoma imzolagan edi. Obafemi o'tgan yili APLda atigi to'rt marta maydonga tushgan, xolos.
Manba: footballinsider247.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219