"Paxtakor" - "Al Ahli" uchrashuvini Muhammad Taqi boshqaradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 762
OChLning 2-turidagi o'yinimizni singapurlik hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Bellashuvda Muhammad Taqi boshchiligidagi hakamlar guruhi ishlaydi. U hozirgacha "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinlarni boshqarib bormagan. Uning yordamchilari ham Singapurdan.
Quvaytlik Saad Al Fadhli hakamlar nazoratchisi etib tayinlangan bo'lsa, vetnamlik Vo Xay Te uchrashuv komissari sifatida faoliyat yuritadi.
"PAXTAKOR" - "AL AHLI"
Hakamlar: Muhammad Taqi, Li Tszyu Liang, Ronni Gu Minji, Fu Chuan Xay (Singapur).
Hakamlar nazoratchisi: Saad Al Fadhli (Quvayt).
Komissar: Vo Xay Te (Vetnam).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!