Bugungi bahslarda ikki dzyudochimiz bronza medali uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2678

Bugun davom etayotgan dzyudo bo'yicha Marrakesh Gran-prisining ikkinchi kun bahslari ham vakillarimiz uchun omadli o'tmoqda.
Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladigan kechki dasturda 2 vakilimiz bronza medali uchun tatamiga chiqadigan bo'ldi.
Xabar berganimizdek, Sharofiddin Boltaboev -81 kg vazn toifasida yarim finalgacha etib borib, final ostonasida imkoniyatni boy berdi. Bronza medali uchun kechadigan bellashuvda uning raqibi gretsiyalik Aleksios Ntanadsidis bo'ladi.
-73 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan Hikmatillo To'raev ham musobaqadan medal bilan qaytishi mumkin. Vakilimiz chorak finalda frantsiyalik dzyudochiga engilgan bo'lsa-da, bronza medali uchun imkoniyatni saqlab qoldi.
Bu yo'lda dastlab gambiyalik Faye Njieni dog'da qoldirdi. Shu tariqa To'raev birozdan start oladigan kechki dasturda turkiyalik Bilal Chiloglu bilan bironza medali uchun bahs olib boradi.

Bosh sahifaga
173