Marokash Gran-Prisi. Boltaboev bronza uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3395

Marokash Gran-Prisining -81 kg vazn toifasidagi bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan vakilimiz Sharofiddin Boltaboev to'rtta uchrashuvda g'alaba qozonib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.
Boltaboev marokashlik Ashraf Mouti, gabonlik Terens Kouamba, kanadalik Etenn Braynd, polshalik Damyan Shvarnovichkini mag'lubiyatga uchratdi. Yarim final uchrashuvida turkiyalik Vedat Albayrakka qarshi tatamiga chiqdi va imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Endi Sharofiddin birozdan so'ng bronza medali uchun gretsiyalik Aleksios Ntanatsidisga qarshi tatamiga chiqadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
169