O'zbekiston milliy jamoasi yangi bosh murabbiyi borasida ma'lumot berildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

Xabaringiz bor, O'FA tomonidan O'zbekiston milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlash bo'yicha bir qator ishlar olib borildi.
Bir qancha xorijiy va mahalliy murabbiylar nomzodi sinchikovlik bilan o'rganib chiqildi. Murabbiylar kengashi hamda mutaxassislar tahlil va tavsiyasiga ko'ra sloveniyalik tajribali murabbiy Srechko Katanets nomzodi ma'qul deb topildi.
O'FA hozirga qadar sloveniyalik murabbiy bilan og'zaki kelishuvga erishdi va kelayotgan hafta Srechko Katanets o'zaro muzokaralarning yakuniy bosqichini o'tkazish uchun yurtimizga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
278