«PSJ» Messining ilk mashg'ulotidan videolavha tayyorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 190

"PSJ" matbuot xizmati Lionel Messining klubdagi faoliyatini yoritishda davom etmoqda.
Argentinalik futbolchi kecha — 12 avgust sanasidan boshlab klub bilan shug'ullana boshladi. "PSJ" YouTube-kanali e'lon qilgan videorolikda hujumchi o'yinchilar va murabbiylar bilan tanishayotgani, shundan so'ng maydonda va sportzalda ishlayotgani aks ettirilgan.
Eslatib o'tamiz, Messi parijliklar bilan "2+1" ko'rinishida shartnoma imzoladi. Uning yillik maoshi soliqlar to'langanidan so'ng 41 million evroni tashkil qiladi.
34 yoshli futbolchi "Pari Sen-Jermen" safiga erkin agent sifatida qo'shildi va 30-raqamni oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
283