Lukaku «Chelsi» tarixidagi eng qimmat transferga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

«Chelsi» hujumchi Romelu Lukakuni qaytarganini e'lon qildi. Londonliklar «Inter»ga 115 million evro to'lashdi. Bu «Chelsi» uchun yangi rekord bo'ldi. Klubning oldingi rekordi 2020 yilning sentyabrida o'rnatilgandi.
Londonliklar «Bayer» yarim himoyachisi Kay Haverts uchun 80 million evro to'lashgandi, bundan tashqari bonuslarni hisobga olganda yana 20 million evro qo'shilgandi.
Belgiyalik futbolchi «Inter»da 2019 yildan buyon o'ynadi. O'tgan mavsumda forvard A Seriyada 36 o'yin o'tkazib, 24 gol urdi va 11 golli uzatmani amalga oshirdi. «Inter» tarkibida u Italiya chempioniga ham aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
284