«Lids» Marselo Belsa bilan shartnomani uzaytirishini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

«Lids Yunayted» futbol klubi va bosh murabbiy Marselo Belsa 2021/2022 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati rasmiy «Tvitter»da ma'lum qildi.
«Qaror... endi imzolandi!», – deyiladi ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan xabarda.
Belsa 2018 yildan buyon «Lids»ni boshqarib kelmoqda. Bu vaqt ichida jamoa 52,85% uchrashuvlarda g'alaba qozondi. O'tgan mavsumda klub 59 ochko to'pladi va Angliya Premer ligasida 9-o'rinni egalladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251