Manba: Lautaro Martines "Inter"da qoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

"Inter" hujumchisi Lautaro Martinesning agenti Alekandro Kamano mijozi yaqin orada jamoani o'zgartirishi mumkinligi haqidagi mish - mishlarni rad etdi.
«Lautaro, Angliya klublarining takliflariga qaramay, "Inter"ni tark etmaydi. U Milan klubida baxtli. U jamoasini yaxshi ko'radi. Keyingi hafta biz rahbariyat bilan uchrashuv o'tkazamiz va yangi shartnoma borasida muhokama qilamiz. Lautaro Milanda qolishni istaydi", - deya Kamanoning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
2020/21 yilgi mavsumda Martines "Inter" tarkibida 48 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarket portali 23 yoshli futbolchini 80 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
276