So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Barakalla, Bezerra!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6331
Kuzning so'nggi oyida O'zbekiston chempionatining navbatdagi mavsumi yakuniga etdi. Chempion nomi esa oxirgi tur arafasida aniqlandi.
Turnir avvalida biroz barqarorlikni yo'qotgan «Lokomotiv» hal qiluvchi bosqichda tezlikni oshirib, marraga birinchi bo'lib etib keldi. «Paxtakor» asosiy raqobatchisi bilan bahsda imkoniyatni boy berib, ikkinchi o'rin bilan kifoyalandi.
Superliga bronza medallari esa «Navbahor»ga nasib qildi. «InterFutbol» an'anaga muvofiq, noyabr oyi laureatlarini aniqladi. Bu galgi ro'yxatdan, sovrindorlardan tashqari, elita yo'llanmasini qo'lga kiritgan «Andijon» murabbiyi ham joy oldi.
Laureatlar ro'yxatidagi futbolchilar orasida Tiago Bezerra birinchi o'rinni egalladi. «Paxtakor»ning braziliyalik legioneri uchun noyabr chin ma'noda sermahsul keldi. «Sherlar» muvaffaqiyati yo'lida borini berishga tayyor hujumkor yarim himoyachi bu oyda 5ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 6 marta ishg'ol qildi va shu tariqa to'purarlari ro'yxatida klubdoshi Ismoil Gonsalveshni quvib o'tdi.
Xususan, Tiago so'nggi turda «Bunyodkor» bilan o'yinni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazib, «xet-trik» qayd etdi. Natijada mavsum merganlari poygasi g'olibiga aylandi. Ishonchimiz komilki, OChL «pley-off» bahslarida ham «Paxtakor» murabbiylari bu futbolchiga katta umid bog'lashadi va Bezerra muxlisu mutaxassislar kutgan o'yinni namoyish etib, poytaxtliklarning Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga chiqishiga katta hissa qo'shadi.
Ikkinchi o'rin egasi - yakuniga etgan mavsum qahramonlaridan yana biri Marat Bikmaev. Afsuski, mahoratli hujumchi «Paxtakor»ga qarshi kechgan chempionlik o'yinidagi nojo'ya qilig'i uchun PFL tomonidan jazoga tortildi. Ammo uning «Lokomotiv»ga keltirgan foydasini inobatga olsak, Bikmaev laureatlar ro'yxatidan chetda qolsa, adolatdan bo'lmaydi.
Marat noyabrda atigi 3ta o'yin o'tkazganiga qaramay, raqiblar darvozasini 3 marta ish-g'ol qilib, bir bor jamoadoshining goliga assistent bo'ldi. Milliy termamizning bugungi kundagi asosiy hujumchisi Pepsi Superliga-2018da jami 14ta gol urib, to'purarlar ro'yxatida uchinchi pog'onani egalladi. Endi yanvarda o'tkaziladigan Osiyo kubogi-2019da ham undan xuddi shunday sermahsullikni kutib qolamiz.
Kuchli uchlikka «Qo'qon-1912» etakchisi Murod Xolmuhammedov yakun yasab beradi. Qo'qonliklar chempionat oxirida bir amallab turnir jadvalining xavfli hududidan chiqib ketishdi. Jamoaning murakkab o'yinlarda qo'lga kiritgan g'alabalarida Xolmuhammedovning roli beqiyos bo'ldi. Noyabrda 5ta uchrashuvda maydonga tushgan himoyachi 450 daqiqa to'p surdi va «gol+pas» tizimi bo'-yicha 3+1 ko'rsatkichini qayd etdi.
Umuman, bu yil ushbu futbolchi uchun ancha omadli keldi. Har holda, mudofaa chizig'i vakili bo'lishiga qaramay, raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg'ol qilgani ko'p narsadan dalolat. To'g'ri, uning aksariyat gollari penalti mahsuli bo'ldi, ammo zamonaviy futbolda standart vaziyatlarni mahorat bilan ijro etish muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olsak, Murod Xolmuhammedovning ko'rsatkichi e'tirofga loyiq ekani, shubhasiz.
Shuningdek, noyabrda Sardor Rashidov («Lokomotiv»), Farrux Sayfiev («Paxtakor»), Igor Golban («Navbahor»), Aziz Haydarov («Bunyodkor») hamda Shahboz Jumaboev («Andijon») kabi futbolchilarning o'yinlari ham ko'pchilikka manzur bo'ldi.
Murabbiylar ro'yxatida yana Andrey Fyodorov eng yuqori pog'onani egalladi. Mazkur holatda birinchi navbatda, «Lokomotiv»ning mamlakat chempioni degan sharafli nomga ega chiqqani inobatga olindi. Boz ustiga, «temiryo'lchilar»ning har bir uchrashuvda uyushqoqlik bilan chiroyli va kombinatsion o'yin namoyish etishgani «Loko» murabbiylar shtabining mehnatlari samarasi, desak to'g'ri bo'ladi. Albatta, erishilgan yutuqlarda Fyodorovning jamoadagi doimiy hamrohi - Mirko Yelichichning hissasi beqiyos. Darvoqe, noyabrdagi natijalar samarasi o'laroq, «Lokomotiv» ustozi to'plagan jami ochkolar soni 14taga etib, u umumiy ro'yxatda birinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
«Andijon» ikki yillik tanaffusdan so'ng elita yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bu yil yangicha formatda o'tkazilgan Pro-liga bahslarida kuchli klublar ko'p bo'lgani, raqobat ham shunga yarasha kuchayganini inobatga olsak, andijonliklarga asosiy vazifani uddalash oson kechmadi. Mas'uliyatli pallalarda shogirdlarini ruhlantirib, yakunda muvaffaqiyatga erishgan Eldor Sakaevnoyabr laureatlari reytingida ikkinchi o'ringa munosib ko'rildi. Bu mutaxassis oliy divizionda qatnashish tajribasiga ega. Demak, keyingi mavsum Sakaev boshchiligidagi «Andijon»dan ham munosib ishtirokni kutsak bo'laveradi.
So'nggi turlarda Superligada qolish huquqini saqlab qolgan «Qo'qon-1912» klubi engil tin oldi. Jamoa ustozi esa oyning eng yaxshi murabbiylari ro'yxatida uchinchi o'rinni egalladi. Umuman, qo'qonliklar No''mon Hasanov boshchiligida yomon o'ynashmadi. Butun mavsum davomida kuchli raqiblarga etarlicha qarshilik ko'rsatishdi. Ammo qaysidir pallalarda jamoaga omad etishmadi. Muhimi, shu omad yakuniy pallada «Qo'qon-1912»ga kulib boqdi. Endi Hasanov yo'l qo'yilgan xatolardan tegishli xulosa yasab, yangi mavsumga shogirdlarini o'zgacha tarzda tayyorlashiga ishonchimiz komil.
Futbolchilarning oy davomidagi natijalari
T|r Futbolchi O'yin Daqiqa Gol Assist
1. Tiago Bezerra 5 450 6 2
2. Marat Bikmaev 3 238 3 1
3. Murod Xolmuhammedov 5 450 3 1
Futbolchilar
Yanvar
1. Odil Hamrobekov («Nasaf»)
2. Jasur Yaxshiboev («Paxtakor»)
3. Akrom Komilov («Bunyodkor»)
Fevral
1. Ignatiy Nesterov («Lokomotiv»)
2. Igor Golban («Nasaf»)
3. Ikrom Aliboev («Lokomotiv»)
Mart
1. Xurshid G'iyosov («Bunyodkor»)
2. Botirali Ergashev («Navbahor»)
3. Suhrob Nurulloev («Metallurg»)
Aprel
1. Eldor Suyunov («Paxtakor»)
2. Javlon Ibrohimov («Bunyodkor»)
3. Arslonmurot Amanov («Buxoro»)
May
1. Aziz Turg'unboev («Navbahor»)
2. Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»)
3. Sardor Sobirxo'jaev («Bunyodkor»)
Iyun
Laureatlar aniqlanmagan.
Iyul
1. Marat Bikmaev («Lokomotiv»)
2. Javlon Ibrohimov («Bunyodkor»)
3. Darko Stanoevich («Navbahor»)
Avgust
1. Ikrom Aliboev («Lokomotiv»)
2. Jahongir Mehmonov («Navbahor»)
3. Islom Isoqjonov («Metallurg»)
Sentyabr
1. Tiago Bezerra («Paxtakor»)
2. Jasur Hasanov (AGMK)
3. Avaz O'lmasaliev («Neftchi»)
Oktyabr
1. Marat Bikmaev («Lokomotiv»)
2. Farrux Sayfiev («Paxtakor»)
3. Yovan Jokich (AGMK)
Noyabr
1. Tiago Bezerra («Paxtakor»)
2. Marat Bikmaev («Lokomotiv»)
3. Murod Xolmuhammedov («Qo'qon-1912»)
Murabbiylar
Yanvar
1. Ravshan Haydarov (O'zbekiston U-23)
2. Ro'ziqul Berdiev («Nasaf»)
Fevral
Laureatlar aniqlanmagan.
Mart
1. Mirjalol Qosimov («Bunyodkor»)
2. Andrey Shipilov («Metallurg»)
3. Ilhom Mo'minjonov («Navbahor»)
Aprel
1. Ulug'bek Baqoev («Buxoro»)
2. Sergey Lushan («So'g'diyona»)
3. Shota Arveladze («Paxtakor»)
May
1. Ilhom Mo'minjonov («Navbahor»)
2. Shota Arveladze («Paxtakor»)
3. Mirjalol Qosimov («Bunyodkor»)
Iyun
Laureatlar aniqlanmagan.
Iyul
1. Mirjalol Qosimov («Bunyodkor»)
2. Andrey Fyodorov («Lokomotiv»)
3. Ilhom Mo'minjonov («Navbahor»)
Avgust
1. Ilhom Mo'minjonov («Navbahor»)
2. Andrey Shipilov («Metallurg»)
3. Andrey Fyodorov («Lokomotiv»)
Sentyabr
1. Shota Arveladze («Paxtakor»)
2. Baxtiyor Ashurmatov (AGMK)
3. Bahrom Haydarov («Neftchi»)
Oktyabr
1. Andrey Fyodorov («Lokomotiv»)
2. Baxtiyor Ashurmatov (AGMK)
3. Ro'ziqul Berdiev («Nasaf»)
Noyabr
1. Andrey Fyodorov («Lokomotiv»)
2. Eldor Sakaev («Andijon»)
3. No''mon Hasanov («Qo'qon-1912»)
Umumiy natija
Murabbiylar
1. Andrey Fyodorov - 14 ochko
2. Ilhom Mo'minjonov - 12 ochko
3. Mirjalol Qosimov - 11 ochko
4. Shota Arveladze - 9 ochko
5-6. Andrey Shipilov - 6 ochko
5-6. Baxtiyor Ashurmatov - 6 ochko
7-8. Ravshan Haydarov - 5 ochko
7-8. Ulug'bek Baqoev - 5 ochko
9. Ro'ziqul Berdiev - 4 ochko
10-11. Sergey Lushan - 3 ochko
10-11. Eldor Sakaev - 3 ochko
12-13. Bahrom Haydarov - 1 ochko
12-13. No''mon Hasanov - 1 ochko
Futbolchilar
1. Marat Bikmaev - 13 ochko
2. Tiago Bezerra - 10 ochko
3-4. Javlon Ibrohimov - 6 ochko
3-4. Ikrom Aliboev - 6 ochko
5-9. Odil Hamrobekov - 5 ochko
5-9. Ignatiy Nesterov - 5 ochko
5-9. Xurshid G'iyosov - 5 ochko
5-9. Eldor Suyunov - 5 ochko
5-9. Aziz Turg'unboev - 5 ochko
10-16. Jasur Yaxshiboev - 3 ochko
10-16. Igor Golban - 3 ochko
10-16. Botirali Ergashev - 3 ochko
10-16. Jaloliddin Masharipov - 3 ochko
10-16. Jahongir Mehmonov - 3 ochko
10-16. Jasur Hasanov - 3 ochko
10-16. Farrux Sayfiev - 3 ochko
17-25. Akrom Komilov - 1 ochko
17-25. Suhrob Nurulloev - 1 ochko
17-25. Arslonmurot Amanov - 1 ochko
17-25. Sardor Sobirxo'jaev - 1 ochko
17-25. Darko Stanoevich - 1 ochko
17-25. Islom Isoqjonov - 1 ochko
17-25. Avaz O'lmasaliev - 1 ochko
17-25. Yovan Jokich - 1 ochko
17-25. Murod Xolmuhammedov - 1 ochko
Izoh: 1-o'rin - 5 ochko, 2-o'rin - 3 ochko, 3-o'rin - 1 ochko.
Murabbiylar
1. Andrey Fyodorov - 14 ochko
2. Ilhom Mo'minjonov - 12 ochko
3. Mirjalol Qosimov - 11 ochko
4. Shota Arveladze - 9 ochko
5-6. Andrey Shipilov - 6 ochko
5-6. Baxtiyor Ashurmatov - 6 ochko
7-8. Ravshan Haydarov - 5 ochko
7-8. Ulug'bek Baqoev - 5 ochko
9. Ro'ziqul Berdiev - 4 ochko
10-11. Sergey Lushan - 3 ochko
10-11. Eldor Sakaev - 3 ochko
12-13. Bahrom Haydarov - 1 ochko
12-13. No''mon Hasanov - 1 ochko
Futbolchilar
1. Marat Bikmaev - 13 ochko
2. Tiago Bezerra - 10 ochko
3-4. Javlon Ibrohimov - 6 ochko
3-4. Ikrom Aliboev - 6 ochko
5-9. Odil Hamrobekov - 5 ochko
5-9. Ignatiy Nesterov - 5 ochko
5-9. Xurshid G'iyosov - 5 ochko
5-9. Eldor Suyunov - 5 ochko
5-9. Aziz Turg'unboev - 5 ochko
10-16. Jasur Yaxshiboev - 3 ochko
10-16. Igor Golban - 3 ochko
10-16. Botirali Ergashev - 3 ochko
10-16. Jaloliddin Masharipov - 3 ochko
10-16. Jahongir Mehmonov - 3 ochko
10-16. Jasur Hasanov - 3 ochko
10-16. Farrux Sayfiev - 3 ochko
17-25. Akrom Komilov - 1 ochko
17-25. Suhrob Nurulloev - 1 ochko
17-25. Arslonmurot Amanov - 1 ochko
17-25. Sardor Sobirxo'jaev - 1 ochko
17-25. Darko Stanoevich - 1 ochko
17-25. Islom Isoqjonov - 1 ochko
17-25. Avaz O'lmasaliev - 1 ochko
17-25. Yovan Jokich - 1 ochko
17-25. Murod Xolmuhammedov - 1 ochko
Izoh: 1-o'rin - 5 ochko, 2-o'rin - 3 ochko, 3-o'rin - 1 ochko.