Kepa: "Bu juda qiyin raqibga qarshi qiyin o'yin bo'lib chiqdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Kepa UEFA Superkubogi doirasidagi "Vilyarreal"ga qarshi bahsning penaltilar seriyasi haqida
fikr bildirdi.
"Bu holat normal emas, lekin men bunga tayyor edim, chunki bunday bo'lishi mumkinligini
bilardim. Men o'z vaqtida, ham jismoniy, ham psixologik jihatdan tayyor bo'lishga harakat
qildim. Eduard va butun jamoa ajoyib ish qilishdi. Bu juda qiyin raqibga qarshi qiyin o'yin bo'lib chiqdi, lekin bizda medallar bor", - deya Kepaning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti .
Eslatib o'tamiz, Arrisabalaga "Vilyarreal" bilan UEFA Superkubogi uchrashuvida penaltilar
seriyasidan bir daqiqa oldin maydonga tushdi. Kepa "Chelsi"ning asosiy darvozaboni Edvard
Mendi o'rnini egalladi. Penaltilar seriyasida ispaniyalik darvozabon ikkita zarbani qaytara oldi va jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi.

Bosh sahifaga
255