"Barselona" Messining shartnomasini uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8728

"Barselona" rahbariyati jamoa hujumchisi Lionel Messi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
Argentinalik 31 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozigacha tuzilgan. Uning uchun 700 mln evro tovon puli belgilangan.
Klub prezidenti Jozep Bartomeu va direktorlar kengashi shartnomasi tugaguncha Messining klubda qolishiga ishonmoqdalar.
2021 yilda "Barselona" prezidentligi uchun saylovlar bo'lib o'tadi. Klub kim boshqarishidan qat'iy nazar Messini jamoada olib qolmoqchi va uning shartnomasini 2022 yoki 2013 yilgacha uzaytirmoqchi.
Kataloniyaliklar bu ishni shu yili amalga oshirmoqchilar. Yil davomida klub vakillari uning agenti bo'lgan otasi Xorxe Messi bilan bog'lanadilar.
Barcha fikrlar: 2


Yaxshi news
9 Mart 2019, 18:45


Yaxshi news
9 Mart 2019, 18:46
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194