So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Barselona" uchun mavsumoldi tayyorgarlik o'yinlari yakunlandi. Kimlar unda faol ishtiok etdi? Kimlar safdan chiqdi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135
Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida kataloniyaliklar 5ta o'yin o'tkazib, shundan 4tasida g'alaba qozonishdi. "Ko'k-anorranglilar" shu o'yinlarning 3tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Gollar nisbati ham ancha yaxshi: +11.
"Gimnastik" (4-0)
"Jirona" (3: 1)
"Shtutgart" (3: 0)
"RB Zalsburg" (1-2)
"Yuventus" (3-0)
Eng yaxshi to'purar: Rey Manay (4 ta gol)
Eng yaxshi assistent: Antuan Grizmann (2 assist)
Eng ko'p daqiqa o'yin o'tkazganlar: Serjino Dest (347 daqiqa, ya'ni har bir o'yinga o'rtacha 70 daqiqa).
Shuni ham ta'kidlash joizki, Depay va Netu ham barcha o'yinlarda ishtirok etdi. Balki, ular hech bo'lmaganda La Liganing birinchi turlarida asosiy o'yinchilar bo'lishar. Eslatib o'tamiz, Ter Shtegen hali ham jarohatidan tiklanmoqda, shuning uchun o'tgan mavsumdagidek, biz yana Netuni asosiy tarkibda bir muddat ko'ramiz. Ehtimol, u hali klubni tark etmaydi, garchi yaqinda bunday yangiliklar turli ommaviy axborot vositalari tomonidan faol ravishda tarqalayotgan bo'lsada.
Jarohat olganlar: Serxio Aguero kutilmaganda jarohat oldi. Kutilayotgan tiklanish sanasi 16 oktyabr.
Langle uchun tiklanish muddati hali aniq emas. Uning tizzasi bilan bog'liq muammolar bor. Menimcha, juda kam odam bundan xavotirda. Klement oxirgi 1,5 yil o'z jamoasi uchun yaxshi o'yin namoyish eta olmadi.
Mingesaning Olimpiadadan so'ng mushaklari shikastlangan. Bu musobaqada uni ketma -ket ikki marta jarohat olganini inobatga oladigan bo'lsak, futbolchi safga qayta yaqin kunlar ichida amalga oshmasa kerak. Hozircha uning qaytish sanasi ma'lum emas.
Bundan tashqari De Yongning ham jarohati bor. Qachon safga qaytishi borasida aniq qandaydir xabar yo'q. Buni esa katta yo'qotish desa bo'ladi.
Dembele tizzasidan jarohat olgan. Qayta tiklanish sanasi - 20 oktyabr, lekin Usmonni bilamiz. Balki, biz uni yil oxirigacha umuman ko'rmasligimiz ham mumkin.
Ansu 3 ta operatsiyadan so'ng ham futbol o'ynashni davom ettiradi. Uning aniq qaytish sanasi ma'lum emas, ammo so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, biz uni yaqin vaqtlar ichida maydonda ko'rishimiz mumkin, agar avgustda bo'lmasa, sentyabda.
Mark-Andre ter Shtegen tizzasidan jarrohlik amaliyotidan tiklanmoqda. Hali qachon jarohatdan forig' bo'lishi noma'lum, biroq katta ehtimol kuz oyi o'rtalarida bu voqea sodir bo'lishi mumkin.
Klubning yangi mavsumdagi sardori esa Serxio Buskets bo'ladi. Shuningdek, Pike, Roberto va Alba kabi futbolchilar ham bu vazifani bajarishi mumkin.
Manba: Sports.ru