«Tottenxem»ning 55 millionlik futbolchisida muammolar bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

«Tottenxem» klubi futbolchisi Tanguy Ndombelening jamoadagi o'rni so'roq ostida qoldi. «The Athletic» nashri xabariga ko'ra, futbolchi jamoa mavsumoldi o'yinlarini, jumladan «Arsenal»ga qarshi o'yinni ham o'tkazib yuborgan.
Vaholangki, unda jarohatlar yo'q edi. Ammo u o'yin qaydnomasiga ham kiritilmagan. Bosh murabbiy Eshpiritu Santu uni hali to'liq formada deb hisoblamaydi. Futbolchi ta'tildan allaqachon jamoa bazasiga etib kelgan.
U Evro-2020 uchun Frantsiya termasiga ham jalb qilinmagan edi. Ndombele bunday ikki yil oldin «shporlar» safiga 55 million evro evaziga kelib qo'shilgan va haftasiga 200 ming funt maosh bilan ta'minlangan.
Manba: bbc.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220