Messi «Barselona» bilan xayrlashuv postini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

Hujumchi Lionel Messi xayrlashuv matbuot anjumanidan so'ng "Barselona" bilan xayrlashuv postini instagram orqali e'lon qildi.
"Men boshqacharoq ketishni istagandim, ammo xayrlashish hech qachon yoqimli bo'lmaydi. Men bajonudil qolgan bo'lardim, buning uchun hamma narsa qildim, ammo taqdir ekan.
Klubda o'tkazgan yillarim mobaynida kimlar bilan ko'rishgan bo'lsam, barchaga minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, menga mehrini bergan barcha fanatlarga ham rahmat aytaman. Men ham ularga javoban ushbu futbolka uchun bor kuchimni berishga harakat qildim.
Men ketyapman, ammo xayrlashmayman. Ko'rishguncha! Visça El Barça!", — deya yozdi argentinalik futbolchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
208