"Benfika" hujumchisi faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

"Benfika" hujumchisi Xaris Seferovich Italiya chempionatiga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o'z tvitterida xabar beradi. Manbaga ko'ra, 29 yoshli shveytsariyalikning agenti Edin Jeko klubni tark etsa, futbolchini "Roma"ga taklif qilgan. Ma'lum bo'lishicha, Jeko esa "Inter"ga o'tishga yaqin turibdi.
Seferovich oldin Italiyada "Fiorentina" va "Novara" jamoalarida o'ynagan. O'tgan mavsumda
forvard Portugaliya chempionatida 31 o'yin o'tkazib, 22 gol va, 7 golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
209