"PSJ" "Napoli" himoyachisiga xaridor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin,
deya xabar beradi "Foot Mercato" nashri jurnalisti Santi Auna. Manbaga ko'ra, futbolchining
agenti Fali Ramadani "PSJ" bilan muzokaralar olib borgan, tomonlar allaqachon shartnoma
borasida kelishib olishgan.
Ma'lumot uchun, 30 yoshli Kulibali 2014-yilda "Genk"dan qariyb sakkiz million evro evaziga
"Napoli"ga o'tgandi. O'tgan mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 37 o'yinda maydonga
tushib, bitta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214