Joze Mourinoga qizil kartochka ko'rsatildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

«Roma» klubi ustozi Joze Mourinoga «Betis» bilan kechgan o'rtoqlik uchrashuvida qizil kartochka ko'rsatildi. «Daily Hotspur» nashri xabariga ko'ra, Joze hakam qarori yuzasidan o'yin vaqtida maydonga tushib, u bilan tortishgan.
Shu sabab hakam uni maydondan chetlashtirgan. Bahs davomida «Roma»ning uchta o'yinchisiga: Lorenzo Pellegrini, Manchini hamda Rik Karsdorplar turli xil qo'polliklar tufayli qizil kartochka ko'rsatilgan.
O'yin 5-2 hisobida «Real Betis» g'alabasi bilan yakunlangan. Rimliklarni birinchi goliga hamyurtimiz Eldor Shomurodov mualliflik qilgan.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210