Hamidjon Aktamov: «O'yindan kelib chiqib aytganda natija adolatli bo'ldi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Qizilqum" (1:1) uchrashuvidan so'ng navoiyliklar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugun juda ham qiyin o'yin o'tkazdik. Birinchi bo'limda o'zimizning o'yinni ko'rsata olganimiz yo'q. Boz ustiga, jamoamizda bir nechta yo'qotishlar bor edi. Muhsinjon Ubaydullaev, Erkin Baydullaevning xizmatidan foydala olmadik. "Andijon" bizga etarlicha qarshilik ko'rsatishi kutilgandi. Ikkinchi bo'limda hujumlar uyushtirdik. O'yindan kelib chiqib aytsak, natija adolatli bo'ldi", — dedi Hamidjon Aktamov.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
235